Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qonuniy choralar edi». Tramp Suriyadagi zarbalarga to‘xtaldi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Suriyaga berilgan zarbalar «qonuniy choralar» bo‘lgan. Bu haqda u kongressga yo‘llagan maktubda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Oq uyga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada IShID bilan kurash bo‘yicha kampaniyada ishtirok etayotgan AQSh qurolli kuchlari Suriya hukumati va hukumatga yaqin bo‘lgan kuchlarga cheklangan miqdorda zarbalar bergan.
«Bu zarbalar AQSh va bu kampaniyada ishtirok etayotgan uning sheriklari kuchlari uchun aniq tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha qonuniy choralar bo‘lgan», - deya ko‘rsatiladi Trampning maktubida.
Tramp aprel oyida Porter esminetsi qo‘mondoni bilan shaxsan bog‘langandi. Aynan shu eskadrilyali mina tashuvchidan Amerika qurolli kuchlari Suriyadagi Shayrot aviabazasiga zarba berishdi. Tramp qo‘mondonga shaxsan minnatdorchilik izhor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Suriya yetakchisi Bashar Asad o‘z lavozimida 2021 yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar qolishiga rozi bo‘lishga tayyorligi xabar qilingandi.