AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Suriya yetakçisi Başar Asad öz lavozimida 2021 yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar qolişiga rozi bölişga tayyor. Bu haqda The New Yorker amerikalik va yevropalik amaldorlarga tayangan holda xabar bermoqda.

Xabar qilinişiça, sönggi bir neça oy içida «joylardagi faktlar şunga olib keldiki, Qöşma Ştatlar ma'muriyati oilasi Suriyani qariyb yarim asrdan beri boşqarib kelayotgan Asad öz lavozimida yana tört yil qolişi mumkinligiga rozi bölgan».

Naşrning ta'kidlaşiça, Suriya hukumati va uning xorijiy ittifoqçilari – Rossiya, Turkiya, Eron hamda Livanning «Hezbulloh»i – «bir yil muqaddam bir-biriga aloqador ham bölmagan hududlarni birlaştirişdi» va Asad hukumati Suriyaning aksariyat aholisi ustidan nazorat örnatişga erişdi.

Şuningdek, amerikalik amaldorlarning xavfsiraşiça, Asad Suriyada 2021 yildagi saylovlarda ğalaba qozonişi hamda «hukumat tepasida yana uzoq yillar davomida qolişi» mumkin.