Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Muhokama ham qilinmaydi». Kreml Qrim bo‘yicha bayonot berdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Qrim mavzusi bundan buyon hech qanday muhokama qilinmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Qrimga keladigan bo‘lsak, bu yerda qo‘shimcha qiladigan narsaning o‘zi yo‘q. Bu mavzu qandaydir muhokama qilinishi ham shart emas», - deya aytib o‘tdi Peskov AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning bayonotiga izoh berarkan.
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashington «Qrim masalasiga hali qaytish» niyatida ekanini ma'lum qildi. «Biz Qrim masalasiga hali qaytamiz. Men bilamanki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu muzokaralar stolida muhokama etilmasligini aniq tushuntira bildi. Qaysidir pallada bo‘ladi, biroq hozirda biz Ukraina sharqida zo‘ravonlikni to‘xtatishimiz lozim. Ko‘ramiz, biz bunga yechim topa olamizmi», - deya aytib o‘tgandi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi – sobiq prezident Viktor Yanukovich va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fitnasi oqibati ekanini aytdi.
Mavzuga oid
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37 / 17.02.2026
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08 / 17.02.2026
Rossiyaga sotilmay qolgan neftni saqlash uchun resurslar yetishmasligi tahdid solmoqda
11:54 / 17.02.2026