18:05 / 13.12.2017
15143

Oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan qanday javobgarlik belgilangan?  

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, oilaviy sirlarni oshkor etgan shaxsga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46 prim bir-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish eng kam ish haqining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Ushbu modda bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Top