Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyvezer va Makgregor jangi tarixiy natijani qayd etdi
Foto: Reuters
Amerikalik kichik Floyd Meyvezer va irlandiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Konor Makgregor o‘rtasidagi boks jangi jahonda sotilgan translyatsiyalar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda TASS Boxingnewsonline’ga tayangan holda xabar bermoqda.
Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi boks qoidalari bo‘yicha bellashuv 2017 yilning 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi hamda amerikalikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Makgregor o‘ninchi raundda texnik nokautga uchradi.
Ta'kidlanishicha, pay-per-view tizimida translyatsiyani 4,3 million marta xarid qilishgan.
Sotilgan translyatsiyalar soni bo‘yicha rekord esa Meyvezer hamda Menni Pakyao o‘rtasida 2015 yilning 2 may kuni bo‘lib o‘tgan jangga tegishli. O‘shanda bu bahsning translyatsiyasi 4,6 million marta sotib olingandi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025