Jahon | 18:56 / 19.12.2017
24559
1 daqiqa o‘qiladi

Makron Suriyada IShIDni kim mag‘lub etishi mumkinligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Suriyada IShID terrorchilik tashkilotini faqat xalqaro koalitsiya mag‘lubiyatga uchratishi mumkin. Bu haqda Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma'lum qildi.

«IShID ustidan fevralga qadar kimdir g‘alaba qozona oladigan bo‘lsa ham, bu faqat xalqaro koalitsiyadir. Barcha boshqalari mujmaldir», - deya Fransiya prezidentining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning ta'kidlashicha, koalitsiya eng boshidan o‘z ishini bosqichma-bosqich amalga oshirib keldi.

«Bizda dushman bor, hamda bu dushman - IShID», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Makron.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Suriyada IShIDga qarshi urush fevral oyiga qadar yakunlanishi lozimligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid