Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB 2018 yilda O‘zbekistonda nechta loyihani amalga oshiradi?
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) 2018 yilda O‘zbekistonda 15 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bank prezidenti Suma Chakrabarti Londonda O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
YeTTB rahbarining qayd etishicha, tomonlar deyarli rekord muddat davomida umumiy qiymati 186 million dollardan ortiqni tashkil etuvchi bir necha bitimlarni tayyorlash hamda imzolashga muvaffaq bo‘lishdi, deya xabar berdi «Jahon» AA.
Chakrabartining bildirishicha, joriy yilda bank hamkorligi va o‘zaro aloqalari qayta tiklangan O‘zbekiston YeTTB faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, YeTTB O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni nafaqat ustuvor loyihalarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun mablag‘lar ajratib berish bilan, balki iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish jarayoniga ko‘mak berish orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
YeTTB rahbari tomonidan ma'lum qilingan yo‘nalishlar orasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, turizm, energiya tejamkorlik hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, transport va kommunal infratuzilma, kapital bozori hamda bank-moliya sektorini ilgari surish bor.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026