Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq va Suriyada tor-mor qilingan terrorchilar AQShga kira olmaydi – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp hamyurtlariga Iroq va Suriyada tor-mor qilingan IShID terrorchilari AQSh hududiga kira olmasliklariga va'da berdi.
“Biz AQShning butun harbiy qudratini IShIDga yog‘dirdik va bu guruh bilan kurash olib borayotgan koalitsiya kuchlari terrorchilar Iroq va Suriyada bosib olgan hududning deyarli 100 foizini ozod qildilar. Biz bu hududlarni 100 foiz ozod qilishga yaqin turibmiz”, deb aytgan Tramp 20 dekabrda Oq uydagi yig‘ilishda.
“Biz yaqinda bu ikki davlatda IShIDni butkul yo‘q qilamiz. Ishoning, biz jangarilarning AQShga tushishi mushkul bo‘lishi uchun barcha say'-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp. U AQSh milliy xavfsizlik vazirligi va harbiylar buning uchun barcha ishni qilayotganlarini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
10:40
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026