Jahon | 19:32 / 23.12.2017
25438
2 daqiqa o‘qiladi

«​Madrid mag‘lub bo‘ldi»​. Bu safar siyosatda

Foto: Getty Images

21 dekabr kuni Kataloniyada o‘tkazilgan muddatdan avvalgi saylov natijalariga ko‘ra, mustaqillikni yoqlab ovoz bergan «Fuqarolar» partiyasi parlamentdagi eng ko‘p o‘ringa ega siyosiy kuchga aylandi. Shuningdek, mahalliy jyeneralitet sobiq rahbari Karles Puchdemonning «Kataloniya uchun birgalikda» partiyasi umumiy saylovchilarning 21 foiz ovozini to‘plagan.

«Fuqarolar» partiyasi yagona hukumatni shakllantirish uchun to‘liq mandatlarga (natijaga ko‘ra, 37ta to‘plagan) ega emas, shu tufayli «Kataloniya uchun birgalikda» a'zolari bilan (34ta mandat) kuchlarini birlashtirishi lozim.

Shunday qilib, Kataloniya parlamentida mustaqillik sari intilishni qo‘llab-quvvatlovchilar umumiy 135ta o‘rindan 70tasini egallamoqda. Kataloniya sobiq rahbarining fikricha, bu Madridning mag‘lubiyati, Barselonaning haqiqiy g‘alabasi!

Shunga qaramay, Kataloniyadagi siyosiy partiyalar yagona hokimiyat ostiga birlashishi hamda markaz bilan muzokaralarni davom ettirishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktabr kuni o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, 90 foiz referendum ishtirokchilari mustaqillikka rozi bo‘lgan. Ammo, qayd etilishicha, ushbu tadbirda umumiy aholining bor-yo‘g‘i 43 foizi ishtirok etgandi. Shuningdek, 3 millionga yaqin kishi ispan politsiyasi tomonidan saylov uchastkasiga kiritilmagani hamda ularga qarshi kuch ishlatilgani aytiladi.
 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid