Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi futbolga navbat. Ukraina futboli rahbari Rossiyadagi JChga borishdan bosh tortdi
Ukraina futbol federatsiyasi rahbari Andrey Pavelkoning ma'lum qilishicha, Rossiyada 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga bormaydi. Bu uning FIFAdagi maqomiga qaramay yuz beradi.
«Rossiyadagi jahon chempionatiga umuman bormayman. Garchi menda murakkab vaziyat yuzaga kelgan, sababi FIFA tartib-intizom qo‘mitasi a'zosi hisoblanaman. Men u yerda tartib-intizom qo‘mitasi a'zosi sifatida bo‘lishim kerak.
Biroq men ma'lum bir sabablarga ko‘ra, u yerga bormayman. Menda ichki qaror bor hamda uni o‘zgartirmayman.
Agarda biz Rossiyadagi jahon chempionatiga chiqqanimizda, bu umuman boshqa holat bo‘lgan bo‘lardi», - deya Pavelkoning so‘zlarini keltiradi FootballHub.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi jahon chempionati 2018 yilning 14 iyun-15 iyul kunlari 11 shaharda bo‘lib o‘tadi.