Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mast haydovchi qatl etildi
Saudiya Arabistoni hukumati olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqargan haydovchiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosini ijroga keltirdi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Muhammad al-Qaxtoniy Ar-Riyodda qatl etilgan. Uning aybi bilan bir oiladan bo‘lgan olti inson hayotdan bevaqt ko‘z yumgandi.
Xabar qilinishicha, al-Qaxtoniy mast holatda jipni boshqargan va katta tezlikda ichida yetti kishi o‘tirgan boshqa bir avtomobilga kelib urilgan.
Ro‘y bergan hodisa oqibatida olti kishi, jumladan bolalar ham halok bo‘ldi. Bir qizcha omon qolgan.
Mavzuga oid
10:18
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026