Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi turmada ko‘tarilgan isyonda 9 mahbus halok bo‘ldi
Braziliyaning Goyas shtatida joylashgan turmada isyon ko‘tarilishi oqibatida 9 mahbus halok bo‘ldi, 14 mahbus yaralangan. Bu haqda “Globo” ma'lum qildi.
Seap nashri ma'lumotlariga ko‘ra, isyon ikki qarama-qarshi guruh o‘rtasidagi ziddiyat sabab boshlangan. Mahbuslar matraslarni yoqib, yong‘in uyushtirishgan. Halok bo‘lganlarning ko‘pi yong‘inda yonib ketgan. Hozirda halok bo‘lganlar shaxsini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv vaqtida turmada ikkita to‘pponcha hamda turli qo‘lbola pichoqlar topilgan.
Shuningdek, isyon vaqtida 106 mahbus qochib ketgan. Ulardan 29 nafari ushlangan, 77 mahbus qidirilmoqda. Qochib ketgan yana 127 mahbus vaziyat tinchlangandan keyin turmaga qaytib kelgan. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ular yana turmaga qaytarilganlar.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026