O‘zbekiston | 23:21 / 03.01.2018
84834
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident virtual qabulxonasiga qaysi yo‘nalishda eng ko‘p murojaat yo‘llangani ma'lum qilindi

2017 yil davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga eng ko‘p murojaat Ichki ishlar vazirligi faoliyati yuzasidan kelib tushgani ma'lum qilindi. Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar yo‘nalishlar bo‘yicha sarhisob qilinganda, Oliy sud hamda Bosh prokuratura mos ravishda Top-3 yakunlagan.

Ma'lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligiga 99584 ta murojaat, Oliy sudga 72719 ta murojaat, Bosh prokuraturaga 71347 ta murojaat yo‘llangan. Shuningdek, 50074 ta murojaat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, 45732 ta murojaat Sog‘liqni saqlash vazirligiga yo‘llangani e'lon qilindi.

Keltirilgan statistik ma'lumotga ko‘ra, aholidan kelib tushgan eng ko‘p murojaatlar sud-huquq sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, keyingi o‘rinda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomiga kelib tushgan.

Mavzuga oid