Jahon | 18:50 / 04.01.2018
6325
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviaaloqani qayta boshlashga ruxsat berildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misr poytaxti Qohiraga muntazam aviareyslarni qayta boshlash haqidagi farmonni imzoladi.   

Ta'kidlanishicha, yangi hujjat imzolangan kuni – 2018 yil 2 yanvardan kuchga kirgan. Avvalroq Yangi yildan keyin rossiyaliklarga Misrga sayyohlik yo‘llanmalarini sotish boshlanishi ma'lum qilingandi.  

Rossiya va Misr 2017 yil dekabrda ikki davlat o‘rtasida aviaaloqa tiklanishi haqidagi hujjatlarni imzolagandi. Parvozlar 2015 yil 31 oktabrda Sharm-al-Shayhdan Sankt-Peterburgga uchayotgan, Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyotida terakt sodir etilgandan keyin to‘xtatilgandi. 

Terakt oqibatida samolyot bortidagi barcha 224 kishi – 217 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi halok bo‘lgan. Samolyotning dum qismida portlash sodir bo‘lgan. Samolyotga bombani aeroport ishchisi qo‘ygan. Terakt uchun javobgarlikni IShIDning Sinay yarimorolidagi bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. 

Mavzuga oid