Jahon | 21:45 / 05.01.2018
12451
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook asoschisi 2018 yilni nimaga bag‘ishlashi haqida ma'lum qildi

Foto: Gizmodo

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg har yili o‘z oldiga aniq bir yo‘nalishdagi maqsadni qo‘yadi — masalan, 2016 yilda u "Temir odam"dagi Jarvisga o‘xshash" uy sun'iy intellektini ishlab chiqish bilan shug‘ullandi, 2015 yilda — oyiga ikkitadan kitob mutolaa qildi, 2017 yilda esa — Amerikaning barcha shtatlarini aylanib chiqdi. 

Tsukerberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2018 yilda alohida bir maqsad bo‘lmasligi, u bu yilni ijtimoiy tarmoq oldidagi murakkab muammolar va ularni hal qilishga bag‘ishlashi haqida yozgan. Gap siyosiy falsafa, media faoliyati, hukumat va boshqa masalalar haqida bormoqda.

Shunday masalalar orasida, Tsukerbergning ta'kidlashicha, texnologiyalar alohida o‘rin tutadi - xususan, 2017 yilda mashhur bo‘lgan markazlashmagan tizimlar, blokcheyn va kriptovalyutalar. 

"2000-yillarda biz texnologiyalar markazlashmaslik holatini keltirib chiqaradi va tarmoqdagi har bir foydalanuvchiga kuch beradi, deb yo‘lagandik. Biroq biz kutgandek bo‘lmadi: yirik kompaniyalarning kichik guruhi boshqaruvni o‘z qo‘lida ushlab turdi — ya'ni, aksincha, uni markazlashtirdi. Ishlab chiqaruvchilar shifrlash va kriptovalyutalar kabi yangi texnologiyalar yordamida uni odamlarga qaytarishga harakat qilishmoqda, biroq markazlashmagan texnologiyalarni nazorat qilish qiyinroq. Men ularning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib chiqmoqchiman - bunday ishlanmalarni bizning servislarimizda qanday qo‘llay olishimiz mumkinligini tushunishga harakat qilmoqchiman", - deydi Tsukerberg. 

Mavzuga oid