Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyot uchun 70 mln dollar to‘lashga tayyor
Malayziya hukumati Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasiga 70 mln dollargacha mablag‘ to‘laydi. Bu holat agarda u Malaysia Airlines kompaniyasining 370-reysi bo‘laklari va qora qutilarini uch oy davomida topsa yuz beradi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
2014 yilning 8 mart kuni samolyot Kuala-Lumpur – Pekin yo‘nalishi bo‘ylab reysni amalga oshirayotgandi hamda parvozga chiqqanidan bir soat o‘tib radarlardan yo‘qolib qoldi. Bortda 239 yo‘lovchi va ekipaj a'zolari bo‘lgan.
Samolyot bo‘laklarini Hind okeanining janubiy qismida qidirish ishlari o‘tgan yilda rasman to‘xtatildi. Biroq, Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay samolyot ekspertlar belgilab bergan va maydoni 25 ming kvadrat kilometr bo‘lgan yangi tumandan topilishi mumkinligini ma'lum qildi. Uning fikricha, bu 85 foiz ehtimol bilan yuz beradi.
Avvalroq, Malayziya izsiz g‘oyib bo‘lgan samolyotni yana qidira boshlashi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026