O‘zbekiston | 12:10 / 10.01.2018
9175
1 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat OAV endi moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi 

Foto: Fotolia

O‘zbekistonda nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat fondi tashkil etiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, bu boradagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2018 yil 10 iyulga qadar tayyorlanadi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, EOAVMA, O‘zNNTMA bu ishga mas'ul etib belgilandi.

Qayd etilishicha, bunda ommaviy axborot vositalari orqali e'lonlar va reklama berishdan tushadigan tushumlardan ajratmalar moliyalashtirish manbalari bo‘ladi.

Loyihalarda mustaqil, professional va ijtimoiy mas'uliyatli jurnalistikani shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar, xususan, yangi axborot va tahliliy internet-saytlarga grantlar berishga e'tibor qaratish masalalari nazarda tutiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid