Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Olimpiadadagi ishtirokini Janubiy Koreya bilan 1 hafta ichida muhokama qiladi
KXDR va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya delegatsiyasining Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga oid muzokaralarni 20 yanvarga qadar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS Ryonxap agentligiga tayangan holda xabar berdi.
«Amaliy darajadagi muzokaralar, katta ehtimol bilan, 20 yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Bunga qadar Shimoliy Koreya delegatsiyasining o‘yinlardagi ishtirokiga doir barcha detallarni yakuniy tarzda muvofiqlashtirib olish talab etiladi», - deya ma'lum qildi Janubiy Koreyaning Birlashuv bo‘yicha vazirligi vakili.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Janubiy Koreyadan muzokaralarda madaniyat, sport va turizm vazirining o‘rinbosari No De Gan ishtirok etadi. Uchrashuv davomida Shimoliy Koreyaning tarkibi taxminan 400-500 kishidan iborat bo‘lgan delegatsiyasi harakatlanish yo‘nalishini muvofiqlashtirish va uni joylashtirish masalasini hal etish rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya KXDRga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026