- Ögay onam jonimdan töydirdi, - dedi Zebo (ism-familiyalar özgartirilgan) tanişi Asqarga Namangan şahridagi Xotira xiyobonida ötirganida. – Aslida öşani deb köçaga çiqib ketganman. Akamni ham tuhmat bilan qamatib yuborgan öşa...
Asqar Zeboning onasi ögay ekanini eşitgan, şu bois unga açiniş bilan qarab ötirardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Mening ham boşqalar qatori öz oilam bilan baxtli yaşaşga haqim bor-ku, töğrimi?! – yana hasratini davom ettirdi Zebo. – Onam bölsa, meni taniş-bilişlarga öğri, buzuq, deb gap tarqatib yuribdi. Hozir qarindoş-uruğlar men bilan gaplaşmay qöygan...
Qiz yana biroz hasrat qilgandi, hali voyaga yetmagan Asqarning ğazabi qözğadi:
- E-e, bunaqa ayolni öldirib yuboriş kerak!
Zeboning miyasida ham avvalroq şunday fikr paydo bölgan, biroq uni qanday amalga oşiriş haqida bir töxtamga kelgani yöq edi. Asqarning bu gapidan keyin u ham “jonlandi”.
- Men ham şu haqda öylayotgandim, ammo bir özimning qölimdan heç iş kelmaydi. Agar sen yordam bersang...
- Bu yoğidan xavotir olmang, sizga özim yordam beraman. Aytgança, Sardobada işlaydigan tanişlarim bor – Ismoil. Yordam sörasak, yöq demas...
Bu dadillik Zeboning yuragidagi adovat olovini yanada “gurillatib” yubordi, u öziga-özi: “Ana endi körasan mendan, sen... Dadamni özingga oğdirib olding. Akamni begunoh qamatib, oilamizning bor boyligiga ega çiqding. Endi sen bilan boşqa gaplaşadigan kun keldi – yaşaşga haqing yöq, sen ölişing kerak!..”
Zebo endigina 18 bahorni qarşi olgan, ayni hayot zavqini tuyadigan yoşda. U tengi qizlar bu pallada qaysidir oliy öquv yurtida tahsil olayotgan, yo kasb-hunar sirlarini egallab, porloq kelajagi uçun poydevor qöyişga ulgurişgan. Zebo esa özi uçun “qora qismat”ni tanladi. Ögay onaning pand-nasihatlarini, ya'ni “öqi, hunar örgan”, degan ögitlarini “ögay bölgani uçun köra olmaslik”, deya baholadi. Özi singari “köça hayoti”ni ma'qul bilgan dugonalariga qöşilib, Namangan şahrida panoh topdi.
Uning hayoti vaqt ötgan sayin oğirlaşib, harom-harijga botib borardi. Şundan bölsa kerak, uning qalbidagi ögay onaga bölgan adovat borgan sari kuçaya bordi. Boz ustiga, akasi giyohvand moddalar savdosiga aralaşib qolib qamaldi-yu, Zebo battar jazavaga tuşdi.
Zebo va Asqar razil maqsadlariga erişiş uçun Ismoilning yoniga borib, biroz yolğon işlatişdi.











