19:50 / 16.01.2018
4952

Kosovoda serbiyalik siyosatchi o‘ldirildi

Foto: Anadolu

Kosovoda «Ozodlik, demokratiya, haqiqat» harakati yetakchisi Oliver Ivanovich otib ketildi.

«Anadolu» agentligining marhum advokatiga tayangan holda xabar berishicha, 64 yoshli Ivanovich 16 yanvar kuni ertalab Kosovka-Mitrovitsa shahridagi harakatning qarorgohiga kirib ketayotganida otilgan.

Ivanovich shifoxonaga yetkazildi, biroq uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ivanovich 2016 yilda to‘qqiz yillik qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Sud uni kosovolik albanlarga qarshi harbiy jinoyatlarga aloqadorlikda aybdor deb topgan. 2017 yilda birinchi instansiyadagi sud hukmi bekor qilindi. Tergov vaqtida Ivanovich ozodlikda bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top