Jahon | 19:18 / 17.01.2018
14008
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy va Shimoliy Koreya Olimpiadada bir bayroq ostida birlashadilar 

Foto: EPA

2018 yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya terma jamoalari bir bayroq ostida yurib o‘tadilar. Bundan tashqari, Olimpiadada ikki qardosh davlatni taqdim qiluvchi birlashgan ayollar xokkey jamoasini shakllantirishga qaror qilingan.  

Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya Olimpiadaga 550 kishidan iborat delegatsiyani yuboradi. Ular orasida raqqoslar, qo‘llab-quvvatlash guruhi va taekvando bo‘yicha ko‘rgazmali chiqish qiladigan jamoa bo‘ladi.  

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax 20 yanvarda Shimoliy Koreya vakillarining Olimpiadada ishtirok etishlari bo‘yicha bayonot beradi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid