Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqda bir martalik plastik qadoq taqiqlanadi. Bizdachi?
Yevroittifoq Xitoyning import plastik chiqindini qayta ishlashdan voz kechish bo‘yicha qaroriga tezlik bilan reaksiya berdi. Yevropada 12 yildan so‘ng bir martalik plastik qadoq taqiqlanadi, deb xabar qilmoqda Phys.org.
Strategiya Yevrokomissiya tomonidan tasdiqlandi. YeK birinchi vitse-prezidenti Frans Timmermans shunday deydi: «Plastik bundan buyon bizning ovqatimiz, suvimiz, hattoki jismimizga tegishi kerak emas. Yagona uzoq muddatli qaror – qayta ishlash hisobidan chiqindilar sonini cheklash». DW ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy jahondagi plastik chiqindining yarmidan ko‘pini qayta ishlagan, jumladan, Yevroittifoqdan taxminan 1,5 mln.ga yaqinini. YeI XXR hukumati bilan bir necha yillik o‘tish davrini o‘rnatish haqida kelishib olmoqchi bo‘ldi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmadi.
Yevropalik amaldorlarning ta'kidlashicha, yangi strategiya nafaqat cheklovlar yaratadi, balki yangi ishlab chiqarishlarga biznes imkoniyatlarni taqdim etadi. «Xitoyning qarori, albatta, jiddiy chaqiriq, biroq keling bu chaqiriqni imkoniyatga aylantiramiz», - degan Timmersmans. Yevropa boshqa usullar ustida ham bosh qotirmoqda – masalan, plastik qadoqdan foydalanishga soliq.
Amaldorlar ishontirish uslubidan umid qilishmoqda: Timmermans ota-onalarni bolalarga sutli kokteyllardagi sevimli plastik trubkalari tabiiy sharoitda 500 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida chirishini aytib berishga chaqirmoqda. Bundan tashqari, plastik utilizatsiyasi va qayta ishlanishi uchun yagona standartlarni ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026