Jahon | 08:32 / 25.01.2018
12233
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Myanmaga qurol sotib, mojaroni yanada keskinlashtirmoqchi - AQSh

Foto: Reuters

AQSh Davlat departamentining ma'lum qilishicha, Myanmaga rus qurol-yarog‘larini yetkazib berish vaziyatning yanada og‘irlashishiga olib keladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Davlat departamentining rasmiy vakili Hezer Nauert shunday bayonot bilan chiqqan.

«Garchi jahondagi aksariyat davlatlar Myanmadagi inqirozga tinch yo‘l bilan yechim topish harakatida bo‘lsa-da, ba'zi mamlakatlar yanada ko‘proq azob-uqubat va beqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan qadamlar qo‘yishga tayyor turibdi. Bu Rossiya uchun insonparvarlik yordami orqali birdamlikni ko‘rsatishga imkoniyat edi, biroq u qurol-yarog‘ni sotish hisobidan vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqchi», - deya ma'lum qildi Nauert.

Uning eslatishicha, AQSh Myanma harbiylariga anchadan beri tezkor tayyorgarlikda yordam ko‘rsatmayapti hamda qurol-yarog‘, texnologiyalar yoki harbiy materiallarni yetkazib bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh va Myanma rohingya musulmonlarini vataniga qaytarish bo‘yicha qarorga kelgani xabar berilgandi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid