Bangladeş va Myanma rasmiy vakillari seşanba kuni rohingya qoçqinlarining repatriatsiyasi (asirlar, qoçoqlar va köçirma bölganlarni öz vataniga qaytariş) böyiça kelişuvni işlab çiqiş jarayonini yakunlaşdi, u bu jarayon boşlanganidan söng ikki yil davomida tugaşi kerak. Bu haqda Bangladeşning Daily Star gazetasi xabar berdi.

Ikki mamlakat vakillarining uçraşuvi Myanma poytaxti, Neypido şahrida bölib ötdi. Hujjat matniga köra, Bangladeş beşta tranzit punktini taşkil etadi, qoçqinlar ular orqali Myanma hududida rohingyalarni qabul qiliş va vaqtinçalik yaşaşi uçun ikkita lagerga keladi.

Myanma hukumatining ijtimoiy ta'minot va köçib ötiş işlari böyiça vaziri Vin Myatning xabar berişiça, repatriatlar uçun vaqtinçalik lager bir vaqtning özida 30 mingga qadar insonni qabul qilişi mumkin bölgan, har biri 80 kişiga möljallangan muvaqqat yoğoç uylardan iborat böladi. Vaqtinçalik lagerda repatriatlar qisqa muddat davomida bölişib, bu yerdan uylariga va qişloqlariga yoki yangi qişloqlarga köçib ötişlari bilan çiqib ketişadi.