Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi maxsus murojaat bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlariga murojaatnoma bilan chiqdi.
Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Mazkur hodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish so‘raladi:
- qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;
- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;
- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamang;
- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;
- mabodo gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga xabar bering;
- isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e'tibor bering;
“Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz”, - deyiladi murojaatnomada.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
13:42 / 06.04.2026