O‘zbekiston | 21:41 / 27.01.2018
13248
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq sohasiga oid shikoyat va murojaatlarni tezkor qabul qiluvchi qisqa raqam ishga tushdi

Foto: Dreamstime

Aholidan soliq sohasiga oid shikoyat, murojaat va takliflarni tezkor qabul qilish maqsadida “1198” qisqa raqami ishga tushirildi. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar soliq to‘lovchilar Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan “Ishonch telefoni” raqamlari orqali murojaat qilish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga “1198” qisqa raqami ham qo‘shildi.

 

Mavzuga oid