Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosarining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ishtirokchisi 10 yilga qamaldi
Qirg‘izistonning Chuy viloyati Moskva tumani sudi 2017 yilning noyabrida mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirovning halok bo‘lishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan «KamAZ» haydovchisini o‘n yilga ozodlikdan mahrum etdi. O‘shanda siyosatchining yordamchisi Nurlan Jamgirchiyev va haydovchi ham hayotdan ko‘z yumgandi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
«Bosh vazir o‘rinbosarining avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan «KamAZ» haydovchisi, Avtondil o‘g‘li Taalaybek, jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi hamda o‘n yilga ozodlikdan mahrum etildi», - deya ma'lum qilishgan sud kantselyariyasidan.
Shu bilan birga, xabarda aytilishicha, sudlanuvchi Qirg‘iziston prezidenti va hukumati ishlari Boshqarmasiga 2,95 mln som miqdorida tovon pulini to‘lab berishi kerak.
2017 yilning 7 oktabr kuni Jumaqodirov, uning yordamchisi va siyosatchilar bo‘lgan Toyota Land Cruiser avtomobili haydovchisi Bishkek yaqinida yuz bergan YTHda halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:00
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
22:31 / 02.07.2026