Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari avtohalokat qurboni bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov, uning yordamchisi va haydovchisi dahshatli YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Interfaks agentligining xabar qilishicha, ichida davlat mulozimi bo‘lgan Toyota Land Cruiser "KamAZ"rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Agentlikning respublika hukumatidagi suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat mahalliy vaqt bilan ertalab 7:30 da Bishkek-Choldovar yo‘lining 36 kilometrida ro‘y bergan.
"Oqibatda "Toyota" haydovchisi va uning ikki yo‘lovchisi – bosh vazir o‘rinbosari T.Jumaqodirov va yordamchisi Nurlan Jangirchiyev hayotdan ko‘z yumdi", - degan manba.
O‘z navbatida Qirg‘iziston IIVning ma'lum qilishicha, dastlabki surishtiruv ishlariga ko‘ra, davlat yuqori lavozimli mulozimi yo‘ltanlamasning yuk mashinasi bilan yuzma-yuz to‘qnashgani sababli halok bo‘lgan.
"Hozirda barcha zaruriy ekspertizalar belgilangan, yo‘lning bu qismida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ekspertiza natijalari tayyor bo‘lgach, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi", - degan IIV matbuot xizmati vakili.
Temir Jumaqodirov hukumatda xavfsizlik masalalariga javob bergan va 15 oktabrga belgilangan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish respublika shtabiga rahbarlik qilgan. U 26 avgustda ushbu lavozimga tayinlangan edi. Bungacha respublika xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026