Jahon | 14:58 / 02.02.2018
8857
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova Ruminiya bilan birlashadimi? Dodon fuqarolik urushi haqida gapirdi 

Foto: TASS

Moldova prezidenti Igor Dodonning fikricha, Ruminiya bilan birlashuv fuqarolik urushiga olib keladi. Bu haqda u mahalliy telekanalga bergan intervyuda ma'lum qildi. Suhbatning kichik parchasi feysbukda joylashtirilgan.

«Ruminiya bilan birlashuv fuqarolik urushini anglatadi. Moldova fuqarolarining bir qismi buning uchun kurashmoqda. Men prezident sifatida Moldova Respublikasi davlatchiligi yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun barcha qonuniy usullardan foydalanaman», - deya ma'lum qildi Dodon.

Dodon muammoni demokratik yo‘l bilan hal qilish uchun referendum o‘tkazish taklifi bilan chiqdi, unda fuqarolar o‘zlari nimani istashayotgan bo‘lsa shuni tanlaydilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova konstitutsion sudi prezidentni yana lavozimidan vaqtinchalik chetlatgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid