Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nonda ham sigaret, kalishda ham: O‘zbekistonliklar Turkiya aeroportidan yuzlab blok sigaretlarni olib o‘tishga urinishdi
Turkiyaning Kamol Otaturk nomidagi xalqaro aeroporti orqali o‘zbekistonliklarning yuzlab blok sigaretlarni olib o‘tishga uringan videosi tarqaldi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Türkiyem ve güncel dünya guruhida voqea aks etgan video taqdim etildi.
Videoda Istanbuldagi aeroport nazorat punktidan o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning yuklari orasidan yuzlab pachka sigaretlar topilganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Eng ayanchlisi, kalishda ham sigaret, shirinliklar ichida ham sigaret, nonda ham... Ha, ha, o‘zbek xalqi aziz deb qadrlaydigan nonda! Pul ketidan quvib, nonni ham ko‘rmaydigan, uni shu darajada xor qiladigan bo‘ldikmi?
Videoni tomosha qiling, uning chetdan naqadar ayanchli ko‘rinishiga guvoh bo‘ling, xulosa chiqarish esa o‘zingizdan...
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026