Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Saudiya Arabistoni bilan chegarada IShIDga qarshi amaliyot boshladi
Iroq armiyasi Saudiya Arabistoni bilan chegara yaqinidagi sahroni IShID terrorchilik guruhi jangarilaridan tozalash bo‘yicha amaliyotni boshladi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlarining Anbar g‘arbiy viloyatidagi qo‘mondoni general-mayor Mahmud al-Falahiy mahalliy Al Sumaria telekanaliga ma'lum qildi.
"Armiya, politsiya va qabilalardan bo‘lgan ko‘ngillilar bo‘linmalari, shuningdek, chegaraoldi qo‘shinlari mamlakat harbiy-havo kuchlari hamda xalqaro koalitsiya qo‘llab-quvvatlovi bilan bugun ertalab Anbar sahrosini Iroq-Saudiya Arabiston chegarasi yaqinida terrorchilardan tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyot boshladi", - deya xabar bergan harbiy qo‘mondon.
Uning ta'kidlashicha, harbiy harakatlardan ko‘zlangan maqsad – sahroda qolayotgan terrorchilar boshpanasini yo‘q qilish.
Mavzuga oid
10:55
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
09:23
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
21:16 / 28.06.2026