00:20 / 05.02.2018
49215

Aqto‘be fojiasida halok bo‘lgan namanganliklar oila a'zolariga navbatdagi moddiy yordam ko‘rsatildi (foto)

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yaqinda sodir bo‘lgan mudhish fojia o‘zbek xalqining qalbini larzaga soldi. Unda halok bo‘lgan 52 nafar aksariyat yosh o‘g‘lonlarning ayanchli qismati tillarni duo va istig‘forda bardavom etayapti. Shu kunlarda butun yurtdoshlarimiz tomonidan xayrli tashabbuslar bilan jabrdiyda xonadon a'zolariga xayriya mablag‘larini yig‘ish ishlari davom ettirilmoqda. Ulamolar va imom-domlalar tomonidan ham fojiada halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirish, xatmi Qur'on o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish, ishlari davom etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumani va Shayx Ziyoviddin jome masjidi imom-xatibi Erdon domla Esonov Namangan viloyatidagi musibat egalari xonadonlariga kirib, Qur'oni karim tilovat qildi.

Xonadon ahllarining musibatlariga sherik bo‘lib, Toshkent shahar bosh imom-xatibining hamdardligini yetkazdi. Shuningdek, musibat tushgan 18 ta xonadon sohiblariga moddiy-ma'naviy ko‘mak – 119 000 000 so‘m naqd pul mablag‘lari, oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, qo‘y go‘shti va go‘sht mahsulotlari, yog‘, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari ulashildi, ularga ruhiy tasalli berildi.

 

 

 

Inna lillahi inna ilayhi roji'un!

Alloh taolo halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning ota-onalari barcha yaqinlariga bu og‘ir damlarda chiroyli sabr bersin! Sabrlariga yarasha ulkan ajrlar bersin!

KUN.UZ tahririyati jamoasi yana bir bor marhumlarning yaqinlariga Yaratgan sabru jamil tilab qoladi va shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, tahririyat tomonidan Qozog‘istondagi fojia qurbonlarining oila a'zolariga yordam berish maqsadida maxsus xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu xayriya aksiyasi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali (http://kun.uz/news/2018/01/23/kunuz-mahsus-akcia-utkazadi-kozogistondagi-fozia-kurbonlarining-oila-azolariga-erdam-beramiz) yaqindan tanishish imkoni mavjud.

O‘zbekistondan xayriya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun: 

8600 0417 3756 6308 –  Click / Payme
Asqarov Mahsudjon

Rossiyadan xayriya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun: 

4276 3801 1901 0663 - Sberbank
Ibrohim G‘aniyev

Koreyadan xayriya qilmoqchi bo‘lgan insonlar uchun: 

WOORI BANK (020) (우리은행)
1002-552-264384
KHUDAYNAZAROV BAKHROM

Telefon: 010-3046-1919

Mavzuga oid
Top