Döppisi qolib, boşini qöşib keladigan davr ötdimi? Bu savol nogahon öy surib ötirgan jurnalistning xayoliga birdan kelmadi. Gap şundaki, islohotlar şamoli diyorimizga «yangi bahori» iforini olib kirayotgan bir paytda, ayrim masalalar öz yeçimini topmay qolaverişi dilni xufton qiladi. Söz mamlakatdagi vijdon erkinligi xususida bormoqda. Avvalo, kişining e'tiqodi va iymoni, bir dinga mansubligi va öşa e'tiqodida muqim bölişi haqida.
Yaratganga ming şukrlar bölsinki, yangi davr keldi, «diniy bağrikenglik va vijdon erkinligi» deya qöl urilgan özgarişlar minglab yurtdoşlarimizga çeksiz xursandçilik olib kelmoqda. Ammo, qonunçilik bilan belgilanmagan ikki vaziyat Özbekistondagi musulmonlarni könglini ranjitadi. Bu - yigitlarning soqol, qizlarning römol öraşiga qöyilgan «norasmiy» taqiq. Uni kim va nega joriy etganini heç kim bilmaydi, biroq amalda taqiqning ijrosi a'lo darajada bajariladi.
Römol masalasida alohida maqola orqali umumiy kamçilikni körsatib berişga harakat qilgandik. Bu gal, soqol qöygani uçun yakuniy imtihonlarini topşirolmay, universitet darslariga kiritilmagan talabaning murojaati har ikki mavzuga qaytadan nazar taşlaşga undadi.
Ma'lum qilinişiça, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqiç talabasi Farrux Absattarov «soqoli ösgani» vaji bilan yakuniy nazorat işlarini topşirişga qöyilmayapti. Talaba universitetdagi darslarga ham kiritilmagan.

«Universitet hududida yuriş axloq-odob qoidalari tuzilgan bölib, içki tartib nizom bilan uşbu qoidalar tasdiqlangan. Soqol va römolga qarşi asosiy çeklovning huquqiy asosi mana şu nizom asosida şakllantirilgan. Ammo, öşa nizomning özi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun va bir neçta qonunosti hujjatlarda körsatilgan insonning uzviy huquqlariga zid. Masala yuzasidan rektoratga bir neça marta murojaat etganimga qaramay, yuqori turuvçi qonunlar asosida iş körilmaydi», deydi Farrux.

Tabiiy savol paydo böladi: ta'limda soqol qöyişning, römol öraşning qanday salbiy jihati bor? Balki, maxsus gigiyenik intizomni talab etadigan bilim yurtlari haqida söz ketganda, fikrni asoslaş uçun bahona topiş mumkin bölardi. Ammo, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabaning soqoli unga qanday xalaqit berişi mumkin?! Uşbu savollarga javob izlab, oliygoh ostonasiga borgan Kun.uz muxbiri haqiqatga dalolat qiluvçi heç qanday javobni olmadi.









