Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Uçtepa va Çilonzor tumanlarida soqol qöygan erkaklar jamoat joyidan uşlab ketilayotgani va IIB binosiga olib borilgaç, soqoli olinib qöyib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz hodisa iştirokçilari va Içki işlar vazirligi bilan boğlandi.

Abdurahmon Mufid taxallusida ijod qiluvçi vayner Instagram'dagi sahifasida özining soqolli va soqolsiz suratini joylab, post qoldirdi.

“Har bir işda bir hikmat bor, körib turganingizdek soqol olindi. Sizlardan iltimos, nima böldi, nima uçun soqolni oldingiz, tinçlikmi, muammo bormi degan savollarni bermanglar. Javob berişga qiynalişim mumkin. Lekin körgan, bilgan odamlarning özlari tuşunib olişdi degan umiddaman. Nima ham deymiz, ijodni yanada kuçaytiramiz, har qanday holatda ham ijod qilişdan, odamlarga motivatsiya berişdan töxtamaslikka harakat qilamiz. Sizlarni yaxşi köraman. Duolaringizdan umidvorman”, deb yozgan u.

Muhammadyusuf ismli Facebook foydalanuvçisi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kundalik yumuşi bilan köçada yurgan vaqtda içki işlar xodimlari uni töxtatişgani va şaxsiga aniqlik kiritiş maqsadida Uçtepa tumani IIB binosiga olib borişganini aytdi.

“Voqea keça, 6 may kuni soat 16:30 – 17:00 atrofida sodir böldi. Işlarim bilan köçada yurgandim. Dökondan suv olib çiqayotganimda PPX xodimlari töxtatişdi. “Şaxsingizni tasdiqlaşingiz kerak, biz bilan borasiz. Aniqlik kiritib qöyib yuboramiz”, deb aytişdi. Bir oyça avval Çilonzorda ham içki işlar xodimlari töxtatib, IIBga olib borişgan, işxonadagilar pasportimni olib kelişgaç, şaxsimga aniqlik kiritib qöyvorişgandi. Bu safar ham şunday bölsa kerak deb ular bilan birga Uçtepa tumani IIBga bordim.

Bölgan voqea haqida özim işlaydigan firma rahbariga qönğiroq qilib aytdim. U kişi IIBga hujjatimni olib kelganlarida soqoli bölgani uçun ularni ham içkariga olib kirişdi. Bizni rasmga olişdi. Bu paytda IIB binosida xuddi şu holat böyiça uşlab kelingan kamida öntaça erkak bor edi. Xodimlar bizga soqolimizni oliş kerakligini aytişdi. “Maşinka” berib, özlaringiz olib çiqib ketaveringlar”, deyişdi. Yöqsa majburan olamiz deyişdi.

Bu gapdan keyin deyarli hamma soqolini özi oldi. Xodimlar soqol bor paytda va olingandan keyingi holatlarni suratga olib turişdi. Soqoli olinganlar şu zahoti qöyib yuborildi. Men va rahbarim soqolimizni olmasligimizni aytdik. Şundan keyin bizni alohida xonaga olib kirib, tuşuntiriş xati yozib berişimizni aytişdi. Şunga asosan 15 sutkaga qamalişimizni, undan oldin esa baribir soqolimiz olinişini ma’lum qilişdi.