Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Djurayev Belarusga tashrif buyurdi
Foto: 112.by
2017-2018 yillarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasiga asosan (Minsk shahri - 19.07.2017) joriy yilning 5-7 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djurayev xizmat safari bilan Belarusga tashrif buyurdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularni oldini olish bo‘yicha o‘zbek-belarus mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Shu bilan birga FVV vaziri Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. Vashenko bilan uchrashdi. Fuqaro muhofazasi universiteti, Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universiteti qoshidagi litsey faoliyati bilan tanishishdi.
Mavzuga oid
22:04
Piskentda daryo o‘rtasida qolib ketgan fuqaro qutqarildi
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026