Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada boshlanishi arafasida Janubiy Koreyada Shimolga qarshi namoyishlar o‘tmoqda
Janubiy Koreyada Olimpiada ochilishiga bir kun qolganda Shimoliy Koreya delegatsiyasining kelishiga qarshi namoyishlar uyushtirildi. Aktsiya davomida janubiy koreyalik faollar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In suratlari, qardosh davlat bayroqlari va Janub hamda Shimolning birgalikdagi delegatsiyasi Olimpiada ochilishi vaqtida ko‘tarib o‘tadigan bayroqlar yoqilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, namoyishlar o‘tayotgan hududda xavfsizlikni ta'minlash uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari jalb qilingan.
Ta'kidlanishicha, AQShni qo‘llab-quvvatlovchi janubiy koreyaliklarning norozilik namoyishi Kannin shahridagi Olimpiya bog‘i yonida o‘tmoqda.
7 fevralda Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Koreya yarimorolidagi mojaroning ikki tomonini Olimpiada va Paralimpiada o‘tkazilishi vaqtida “Olimpiya yarashuvi”ga amal qilishga chaqirgandi.
XXIII qishki Olimpiada 9-25 fevral kunlari Pyongchangda bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda 92 ta davlatdan sportchilar ishtirok etadi, ular 15 ta sport turi bo‘yicha 102 ta medallar shodasi uchun kurash olib boradilar.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026