Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashq markazi minomyotlardan o‘qqa tutildi
Foto: AFP 2018 / Amer Almohibany
Suriya poytaxti Damashq markazi terrorchilar tomondan minomyotlardan o‘qqa tutildi. Minalardan biri “Damaroz” mehmonxonasi yonida, yana bittasi Umayyalar maydonida portlagan. Bu haqda voqea guvohi “RIA Novosti” axborot agentligiga xabar bergan.
“Mina “Damaroz yaqiniga tushdi, natijada yong‘in boshlangan. Yana bitta mina yaqin atrofdagi estakadada, yana bittasi Umayyalar maydonida portlagan”, deb ma'lum qilgan voqea guvohi.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
“Damaroz” ma'muriyatida axborot agentligiga telefonda mina mehmonxona hududi ortiga tushgani hamda vaziyat barqarorligi ma'lum qilingan.
Bundan avvalgi kunlarda Damashqning prezident majmualari joylashgan tumani o‘qqa tutilgandi.
Mavzuga oid
18:00 / 16.07.2025
Isroil Damashqdagi harbiy shtabga va prezidentlik saroyi yaqiniga zarba yo‘lladi (video)
01:21 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
12:59 / 03.06.2025
Damashq fond birjasi qayta ochildi
16:44 / 02.05.2025