12:46 / 10.02.2018
33255

Kim Chen In Janubiy Koreya prezidentiga taklif bilan chiqdi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inni Pxenyanga taklif qildi. Bu haqda AFP Janubiy Koreya rasmiylariga asosan xabar bermoqda.

«Ryonxap» xabariga ko‘ra, tegishli taklifnoma Janubiy Koreya prezidentiga KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon tomonidan topshirilgan.

Ta'kidlanishicha, Kim Chen In Mun Chje Inni KXDRga «yaqin vaqt ichida» tashrifni amalga oshirishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Kim Chen Inning singlisi bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Mavzuga oid
Top