Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In şanba kuni Şimoliy Koreya delegatsiyasi bilan uçraşdi. KXDR delegatsiyasiga davlatning rasmiy rahbari, Şimoliy Koreya Yuqori yiğilişi prezidiumi raisi Kim Yon Nam rahbarlik qilmoqda, delegatsiya tarkibidan esa Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon joy olgan, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.
Delegatsiya Koreya uruşi yakunlanganidan beri eng yuqori darajadagiga aylandi. Şuningdek, tarixda ilk bor KXDR yetakçisi oilasining a'zosi Janubiy Koreyaga keldi.
Janubiy Koreya rahbari KXDR delegatsiyasini prezidentlik saroyida qabul qildi. Tomonlar bir-birining qölini siqqan. Saroyga taklif etilgan delegatsiya tarkibida tinç birlaşuv böyiça qömita raisi Li Son Gvon hamda jismoniy tarbiya va sport işlari böyiça davlat qömitasi raisi Çve Xvi ham bor.
Tomonlar uçraşuvdan söng tuşlikka yöl olişadi.
Delegatsiya Janubiy Koreyaga juma kuni keldi, Pyongçangdagi Olimpiadaning oçiliş marosimida qatnaşdi, söng keçki ovqatga taklif etildi. Yakşanba kuni delegatsiya öz taşrifini yakunlaydi va vataniga jönab ketadi.












