Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili deportatsiya qilinishi haqida ma'lum qildi
Ukraina immigratsiya xizmati Mixail Saakashvilini Polshaga deportatsiya qilishga qaror qildi. U bu haqda Gruziyaning “Rustavi 2” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ukraina prokuraturasi men mamlakatdan deportatsiya qilinishga tayyorlanishim uchun meni ushlamasligini aytgan”, deb tushuntirgan Saakashvili.
Saakashvilining aytishicha, uning Gruziyaga topshirilishi ommaviy noroziliklarga olib kelishi mumkin. Saakashvili Ukrainada ushlanganda ko‘chalarga 60 mingga yaqin odam chiqqanini eslatib o‘tgan.
Undan avvalroq Saakashvilining advokati Ruslan Chernolutskiy siyosatchi Ukrainada qonuniy ravishda qolayotgani va uni chiqarib yuborish uchun asos yo‘qligini aytgan. Uning aytishicha, Saakashvilining unga qo‘shimcha himoyaga muhtoj shaxs maqomini berish rad etilgani yuzasidan shikoyati oliy sudda ko‘rilishi yakunlanmaguncha mamlakatdan chiqarib yuborila olmaydi.
Avvalroq Ukraina migratsiya xizmati Saakashvilining bu iltimosini rad etgandi. Sud bu qarorni qonuniy deb topgandan keyin Saakashvili appelyatsiya bergan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026