Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimligida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Viloyat hokimligida tashkil etilgan anjumanda hududdagi barcha shahar va tuman hokimliklari tashkiliy nazorat guruhi rahbarlari, devonxona mudirlari va sohaga aloqador xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida, rejaga muvofiq Shahrixon, Asaka, Ho‘jaobod tumanlari hamda Andijon shahrida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari tahlil qilinib, tashkiliy nazorat guruhi tomonidan yuqori organlardan kelgan hujjatlar, viloyat hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga e'tibor qaratildi.
Ma'ruzachilar, Vazirlar Mahkamasining mas'ul xodimi Jasurbek Asadov, viloyat hokimligi Tashkiliy nazorat guruhi rahbari Ozodbek Saidovlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning joylardagi ijrosini ta'minlash, yagona idoralararo ijro intizomi elektron tizimini joriy etish, hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha atroflicha tushuncha berib o‘tishdi.



Anjumanda sohada uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026