London sudi Assanjning hibsga olinishi orderini kuchda qoldirdi
Londonning Vestminster tuman sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning hibsga olinishi orderini kuchda qoldirdi. Bu haqda sud zalidan “RIA Novosti” axborot agentligi muxbiri ma'lum qildi.
Bunday qarorni 13 fevralda sudya Emma Arbutnot qabul qildi. U sudga Assanjning ekstraditsiyasiga qarshi isbotlar va boshqa qo‘shimcha dalillarni taqdim qilgan himoyaning vajlarini rad etdi.
“Bir tomondan, bu inson sudda paydo bo‘lmadi, boshqa tomondan, u kichik kvartiradan chiqa olmay, sog‘lig‘ini yo‘qotmoqda. U sudga kelib, o‘z pozitsiyasini himoya qilishi kerak”, deb aytgan sudya.
Himoya Assanjning ishi alohida jamoat manfaatiga egaligini, u “haqqoniy ma'lumotni taqdim qilish va so‘z erkinligi uchun kurashishdan iboratligini” ta'kidlagan. Advokatlar Assanjning ishi Shvetsiya hukumati tomondan to‘xtatilganini vaj qilib, orderning bekor qilinishiga urinishgan.
Sudning qarori agar Assanj hozirda yashayotgan Ekvador elchixonasini tark etsa, u Britaniya politsiyasi tomondan zudlik bilan hibsga olinishini anglatadi. Uning hibsga olinishiga esa 2012 yil 29 iyunda garovga chiqish qoidasini buzib, sud oldida paydo bo‘lishdan bosh tortgani sabab bo‘ladi.
Assanj 2012 yildan Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024