Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya elchixonasi O‘zbekistonda O‘zbek-Koreys madaniyat uyi qurilishiga izoh berdi
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar xalqaro maydonda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ruhida rivojlanib bormoqda. Jahon va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha tomonlarning tutgan pozitsiyalari bir-biriga juda yaqin.
14 fevral kuni Xalqaro Press-klubning "O‘zbekiston-Koreya do‘stligi" mavzuidagi sessiyasida ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda 200 mingdan ziyod koreys millatiga mansub kishilar yashaydi, mamlakat dunyoning koreyslar yashovchi to‘rtinchi diasporasi hisoblanadi. Shunday ekan, may oyida ochilishi e'lon qilingan O‘zbek-Koreys madaniyat va san'at uyi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
"O‘zbek-Koreys madaniyat uyi ikki mamlakat madaniyatini birlashtirib turadigan madaniy markaz bo‘ladi. Xususan, bu uy ikki tomonning madaniy munosabatlarini rivojlantirish va O‘zbekistonda yashovchi koreys diasporasini qo‘llab-quvvatlash uchun qurilmoqda. O‘zbekiston va Koreya hukumatlari ushbu madaniyat va san'at uyining tezroq qurilishi uchun imkon qadar harakat qilishmoqda", - deydi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi Kim Djye Un KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida.
Ta'kidlash joizki, sessiyada o‘zbek va koreys xalqlarining madaniyati va urf-odatlari bir-biriga o‘xshashi barcha spikerlar tomonidan ta'kidlandi. Shu o‘rinda Koreya Respublikasining O‘zbekistonda namoyish qilingan va sevib tomosha qilingan "Saroy javohiri", "Qish sonatasi" va "Yoz ifori" kabi seriallari yodga olindi hamda elchi maslahatchisiga kelgusida O‘zbekistonga mana shunday ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan seriallarni taqdim etish taklifi berildi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026