Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul Pxenyanga ajratilgan oilalar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Jidakov
Janubiy Koreyaning Birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun KXDR bilan chegarada Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi va Pxenyanni ajratilgan oilalar uchrashuvini yaqin vaqt ichida “dastlabki shartlarsiz” o‘tkazishga chaqirdi.
"Ham Janub, ham Shimoliy Koreya hozirgi vaziyatdan uyalishi kerak, ajratilgan oilalar muammosi hamon o‘z yechimini topmadi. Ajratilgan oilalar uchrashuvi dastlabki shartlarsiz tezroq o‘tkazilishi lozim", - deya janubiy koreyalik vazirning so‘zlarini keltiradi Ryonxap agentligi.
Yangi yil munosabati bilan maxsus bayram tadbiri ikki davlat chegarasida uncha uzoq bo‘lmagan Pxadju shahrida joylashgan Imdjingak bog‘ida juma kuni o‘tkazildi.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026