Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan aviatsiya xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston davlat aviatsiyasi xodimlariga tegishli bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjat bilan parvoz tarkibiga kiruvchi shaxslar orasida quyidagilar bor:
a) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, FVV, MXX va HHM va HHK Qo‘shinlari qo‘mondonligi markaziy apparatida:
HHM va HHK Qo‘shinlari qo‘mondoni;
Boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshliq, parvozlar xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim eksperti;
b) aviatsiya birlashmalarida:
HHM va HHK Qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari;
boshqarma, bo‘lim, xizmat, bo‘linma boshlig‘i va uning aviatsiya hamda parvozlar xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosarlari;
parvozlar tayyorgarligi bo‘yicha trenajyer majmuasi boshlig‘i o‘rinbosari;
katta uchuvchi-inspektor, uchuvchi-inspektor;
katta zobit, aviatsiya va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha boshqarma, bo‘lim, xizmat, bo‘linma eksperti;
qidiruv-qutqaruv va parashyut-desant xizmati boshlig‘i;
xizmatning katta shturmani;
shturman;
v) aviatsiya birlashmalarida:
katta bort aviatsiya texnigi, bort aviatsiya texnigi;
katta bort muhandis-yo‘riqchisi;
bort mexanigi;
bort radisti;
havo radisti;
birlashma qo‘mondoni va uning o‘rinbosarlari;
otryad qo‘mondoni;
kema, vertolyot, vertolyot otryadi qo‘mondoni;
aviatsiya eskadrilyasi qo‘mondoni va uning o‘rinbosarlari;
katta uchuvchi-yo‘riqchi, uchuvchi-yo‘riqchi;
katta uchuvchi, uchuvchi;
havo va taktik tayyorgarlik boshlig‘i;
bo‘lim, bo‘linma, xizmat boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
shtab boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
kema qo‘mondoni yordamchisi;
bo‘lim, bo‘linma, xizmat va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha katta zobit;
katta shturman, dasturchi shturman, eskadrilya shturmani, eskadrilya shturmani yordamchisi, otryad shturmani, samolyot shturmani;
g) uchish-sinov bo‘linmalarida:
uchuvchi-sinovchi;
shturman-sinovchi;
bort aviatsiya texnik-sinovchi;
d) oliy harbiy aviatsiya bilim yurti:
boshliq va uning o‘rinbosarlari;
professor-o‘qituvchilar tarkibi;
bo‘lim boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
boshliq, katta o‘qituvchi, markaz o‘qituvchi-yo‘riqchisi;
malaka oshirish kurslari boshlig‘i;
ye) alohida razvedka aviatsiya eskadrilyasida:
eskadrilya qo‘mondoni va uning o‘rinbosarlari;
otryad qo‘mondoni;
katta uchuvchi-operator, uchuvchisiz uchar qurilma uchuvchi-operatori;
katta shturman-operator, uchuvchisiz uchar qurilmaning foydali yuklamasi shturman-operatori.
Hujjat bilan batafsil Lex.uz saytida tanishish mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 17.06.2026
Kelajak aviatsiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 7 ta samolyot
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:54 / 14.03.2026