19:50 / 18.02.2018
6135

A seriya. Turin derbisida mehmonlar g‘alaba qozondi

Italiya A seriyasining 25-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda Turinning ikki jamoasi o‘zaro kuch sinashdi.

«Torino» mezbonlik qilgan uchrashuv taqdirini Aleks Sandro tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Braziliyalik futbolchi bu goli bilan «Yuventus»ga A seriyadagi ketma-ket 9-g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» ochkolari sonini 65taga yetkazib oldi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Hozirgacha peshqadamlik qilayotgan «Napoli» esa o‘z o‘yinini endi o‘tkazadi.

Italiya A seriyasi
25-tur

Torino – Yuventus 0:1 (0:1)
Gol: 
Aleks Sandro (33).
Torino: Sirigu, Burdisso, Nkulu, Molinaro, Ansaldi, Obi (Akkua, 72), Rinkon, Yago Falke, Bazelli (Nyang, 55), de Silvestri (Edera, 80), Belotti.
Yuventus: Shchensni, Kellini, Rugani, De Shilo, Aleks Sandro, Xedira, Asamoa, Sturaro, Pyanich, Duglas Kosta (Dibala, 66), Iguain (Bernardeski, 15; Lixtshtayner, 90).
Ogohlantirishlar: De Shilo (65), Molinaro (90).

Top