Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada shimoliy koreyalik qochoq hibsga olindi
Janubiy Koreya politsiyasi Shimoliy Koreya davlat xavfsizligini qo‘riqlash vazirligiga 105 mln von (97 ming dollar) qiymatdagi 130 tonna guruch yuborish ayblovi bilan shimoliy koreyalik qochoqni hibsga oldi.
“Ryonxap” axborot agentligining Suvon shahri prokuraturasi vakillari ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, 49 yoshli ayol Xitoydagi vositachi orqali ikki marta Shimoliy Koreyaga guruch yuborgan. Gumonlanuvchi Shimoliy Koreyaga navbatdagi guruch partiyasini jo‘natish uchun xitoylik vositachiga 80 mln von (75 ming dollar) o‘tkazib berganda Janubiy Koreya politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
Gumonlanuvchi hibsga olinishidan oldin uyini sotishga va shaxsiy buyumlaridan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Shimoliy Koreyadan 2011 yilda qochib ketgan ayol tergov vakillariga o‘g‘li bilan birlashish uchun vataniga qaytishni istaganini aytgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari bilan o‘tgan yil boshida aloqaga chiqqan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026