Tsement zavodida pichoqbozlik, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Sherobod tumanida 17 fevral kuni soat 22.30larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Gulobod mahallasida yashovchi, Vandob mahallasida joylashgan Sherobod sement zavodi ishchisi, 1963 yilda tug‘ilgan T.M. mast holda shu zavod hududida o‘zaro janjal oqibatida birga ishlagan, 1987 yilda tug‘ilgan H.M.ning qorniga pichoq bilan urgan.
Shu vaqtda ularni ajratmoqchi bo‘lgan qarindoshi, shu zavod ishchisi, 1985 yilda tug‘ilgan O‘.M.ning ham qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada H.M. voqea joyida vafot etgan. O‘.M. kasalxonaga yotqizilgan. T.M. esa qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024