Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lexus Jyenevadagi motorshou uchun BMW X1’ga raqobatchini tayyorlab qo‘ydi
Lexus kompaniyasi Jyenevada o‘tadigan motorshouda o‘zining yangi krossoveri — UX’ni namoyish etadi. Bugungi kunda yangi modelning faqat dastlabki tizerlari e'lon qilingan, u Mercedes-Benz GLA, Audi Q3 va BMW X1 ga raqobat qilishi kerak bo‘ladi. Ushbu avtomobil haqida batafsil ma'lumot hozircha yo‘q, deb yozadi Motor.ru.
Krossover shu nomdagi ikki yil muqaddam Parij avtosalonida debyut qilgan prototip uslubiyatida quriladi. Markaning Fransiyada joylashgan Yevropa dizayn-markazida yaratilgan kontsept qoraytirish mumkin bo‘lgan elektroxrom oynalar va «kinetik kursilar» deb ataluvchi o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Ularning suyanchig‘i tuzilmasi to‘liq sun'iy o‘rgimchak ipagi asosidagi eko-materiallardan yasalgan.
Ilgariroq, UX modeli modellar gammasida CT 200h giyurid hetchbeki o‘rnini egallashi va NX yo‘ltanlamasidan bir pog‘ona pastroqda joylashishini taxmin qilingandi.
UX krossoveridan tashqari, «Leksus» Jyenevaga yetti o‘rindiqli RX L va yanvar oyi boshida Detroytdagi avtosalonda debyut qilgan LF-1 Limitless kontsept-karini ham olib keladi.
Mavzuga oid
15:48
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:27 / 19.02.2026
Rossiya va Kiyev delegatsiyalari Jyenevadan uchib ketishdan oldin yana bir bor uchrashdi
08:29 / 19.02.2026