Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga qarshi eng yirik sanksiyalar paketi haqida e'lon qildi
Foto: AP Photo/Ahn Young-joon
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga qarshi tarixdagi eng yirik sanksiyalar paketini kiritishi haqida e'lon qildi. Oq uy prezident nutqidan keltirgan parchalar shundan dalolat bermoqda, deyiladi Associated Press'da.
Xususan, Shimoliy Koreyaning 27 tashkiloti, 28 kemasi va bir jismoniy shaxsi (jami 56 punkt) sanksiyalarga uchradi. Yangi cheklovlar paketi KXDRning yonilg‘i yetkazish va naqd pul ko‘rsatkichlariga zarba beradi, deya ta'kidlanadi agentlikda. KXDRning bu tashkilotlari va kemalari turli hududlarda joylashgan - Shimoliy Koreya, Xitoy, Singapur, Tayvan, Honkong, Marshal orollari, Tanzaniya, Panama va Komora shular jumlasidandir.
Bu KXDR rejimiga maksimal bosim o‘tkazish choralari va Kim Chen Inni denuklearizatsiyaga "majburlash" doirasida amalga oshirilmoqda.
2018 yil boshida Seul va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik sezilgandi. Tomonlar Pxyonchxandagi Olimpiadagi KXDRdan amaldorlar va artistlar delegatsiyasi yo‘llanishiga kelishib olishgandi, keyinroq XOQ unda KXDR sportchilari ishtirokini ham muvofiqlashtirdi. Shu bilan bir vaqtda Seul va Vashington Foal Eagle va Key Resolve harbiy mashg‘ulotlari sanasini kechiktirishdi.
Mavzuga oid
22:50 / 31.03.2026
Tramp Eronning boyitilgan uran zaxiralarini nazoratga olmoqchi emasligini aytdi
22:10 / 31.03.2026
Tramp atrofidagilar Grenlandiyada «ta’sir o‘tkazish» operatsiyalarini boshladi
20:52 / 31.03.2026
Eron Google va Apple obektlariga zarba berishni va’da qildi
10:06 / 31.03.2026